Tajriba, mahorat va hamkorlikdagi harakatlarning o‘zaro uyg‘unligi

Sirdaryo viloyati FVB rahbariyati boshchiligida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida Xovos tumani hududida joylashgan 1-Jizzax bosh nasos stansiyasida "Obyektda tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt fuqaro muhofazasi tuzilmalari va tuman FVDqT ishtirokidagi harakatlari" mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.