Sirdaryo viloyati FVB rahbariyati, Guliston harbiy prokuraturasi va viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda o‘quvchi yoshlar, harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar hamda qutqaruvchilar ishtirok etdi. Unda yong‘in-quqtaruvchilar tomonidan maxsus texnika va uskunalar, ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilib, oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qish istagini bildirgan yoshlarga Favqulodda vaziyatlar vazirlgi Akademiyasiga o‘qishga kirish tartiblari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.