Kuni kecha, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ va "Navoiyuran" DK obyektlarida yong'in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi va uning hududiy bo‘lim harbiy xizmatchilari bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari ishtirokida “Korrupsiyasiz faoliyat taraqqiyot garovi” shiori ostida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon hamda Qarorilari mazmun mohiyati shaxsiy tarkibga yetkazilib, ular o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida atroflicha tushunchalar berildi.