Respublikamizda bir necha kundan beri davom etayotgan sovuq ob-havo, tog‘li hududlarda ko‘p qor yog‘ishi va qattiq shamol tufayli “Enter Engineering” kompaniyasining metall tayyorlash sexidagi (AZMK-3) vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulashi natijasida texnogen vaziyat vujudga kelgan.
Buning natijasida uch nafar hindistonlik ishchilar voqea joyida vafot etgan, 29 nafari turli darajadagi tan jaroxatlari olganligi sababli shifoxonaga joylashtirilgan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Jabrlangan fuqarolarning 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib javob berilgan.
Ushbu holat yuzasidan dastlabki tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, ob-havoning keskinlashuvi va qalin qor yog‘ishi oqibatida bugun Olmaliq shahridagi “Qo‘qon bozorida” ham savdo navesi qulashi yuz berdi. Jabrlanganlar yo‘q.