Respublika ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan yoshlarni otaliqqa olib ishlash tizimi o‘rganilmoqda

Respublika ishchi guruhi rahbari – Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev tomonidan Namangan viloyatida huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan yoshlarni otaliqqa olib ishlash tizimini joriy etish holati, faoliyat samaradorligini oshirish, bu borada mutasaddilarga uslubiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Shuningdek, viloyat va tuman shtablari faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar, shtab a’zolarining salohiyati, amalga oshirilgan ishlarning monitoringi, mavjud muammolar, taklif va tashabbuslar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 

 

Xususan, Chust va Pop tumanlarida huquq-tartibot va mudofaa organlarining harbiy xizmatchilariga biriktirilgan mahallalarda bevosita “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlik, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi va ularning muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

 

Respublika ishchi guruhining o‘rganishlari Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ham o‘tkaziladi.