Yoshlarni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ma'naviy yetuk va jismonan sog'lom barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida, Termiz shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimiga biriktirilgan 2-sektor hududidagi taʼlim muassasalari oʻquvchi yoshlari ishtirokida 30 soatlik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Bunda oʻquvchi yoshlarga mutahassislar tomonidan favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanish boʻyicha nazariy va amaliy bilimlar berildi. Tadbir yakunida yoshlarga oʻquv kursini yakunlaganligi toʻgʻrisida sertifikatlar topshirildi.