Samarqand viloyati FVB tomonidan otaliqqa olingan Samarqand shahar, Jomboy Pastdarg‘om va Samarqand tumanlarida 2-sektor hududida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida o‘quv kursi tashkil etildi. Ushbu o‘quv kursi yakunida jami 18 nafar yoshlarga Boshqarma boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi raisi tomonidan "Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi targ'ibotchisi" nomli sertifikatlar, kitoblar to‘plami va ''Yoshlar ittifoqi'' ko‘krak bilgisi tantanali ravishda topshirildi.