Qashqadaryo viloyati FVB xodimlari tomonidan Qarshi shahrida joylashgan odamlar ko‘p yig‘iladigan savdo majmuasida yong‘in o‘chirish amaliy mashqi o‘tkazildi. O‘quv mashqi davomida hamkorlikdagi xizmatlarning sodir bo‘lgan yong‘in oqibatlarini bartaraf etishdagi harakatlari sinovdan o‘tkazilib, bilim va ko‘nikmalar amalda mustahkamlandi.