Huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan yoshlarni otaliqqa olib ishlash tizimini o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida faoliyatini davom ettirmoqda

Respublika ishchi guruhi rahbari – Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev rahbarligida Farg‘ona viloyatida huquq-tartibot va mudofaa organlariga biriktirilgan mahallalarda yoshlarni otaliqqa olib ishlash tizimini o‘rganish, bu borada uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Shuningdek, viloyat va tuman shtablari faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar, shtab a’zolarining salohiyati, amalga oshirilgan ishlarning monitoringi, mavjud muammolar, taklif va tashabbuslar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 

 

Xususan, Qo‘shtepa tumanida tashkil etilgan shtab faoliyati hamda Oltiariq tumanidagi “Fayziobod” va “Oqbo‘yra” mahallalarida biriktirilgan mas’ullarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi va ularning muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli uslubiy ko‘mak ko‘rsatildi.