“Zakovat” intellektual o'yini o'tkazildi

Qoraqalpog'iston Respublikasi FVB tomonidan Nukus shahrida joylashgan “Yoshlar markazi”da Nukus shahri, Taxiatosh, Kegayli va Nukus tumanlarining 2-sektori yoshlari hamda FVB yosh xodimlaridan iborat jami 6 ta jamoalar ishtirokida “Zakovat” intellektual o'yini o'tkazildi. Qizg‘in va baxslarga boy o‘tgan o‘yinda Kegayli tumani yoshlari g'oliblikni qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.