Qarshi shahrida joylashgan “Geolog” sport sog‘lomlashtirish markazida viloyatdagi kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari va yoshlar o‘rtasida sportning “Dzyudo” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Qizg‘in va baxslarga boy o‘tgan musobaqada 60 kg vazn toifasida kurashgan oddiy askar F.Shuxratov va 81 kg vazn toifasida oddiy askar Sh.Ablaqulovlar mutloq g‘alaba bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.