Bugun, 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi binosida “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Unda Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Kadirxanova hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o'rinbosari Mukarram Nurmatovalar “8 mart – xalqaro Xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan sovrindorlarga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonlarini tantanali ravishda topshirdi.
Taqdirlanganlar orasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi xodimasi “Tillar kafedrasi” dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Saidkarimova Maxsuma Ishanovna ham bor.
Maxsuma Saidkarimovani mazkur mukofot bilan chin dildan muborakbod etgan holda, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.