Ayol moʻtabar, ayol munis xilqat,
Ayol borki, olam munavvar,
ayol borki, hayot go‘zal va maftunkor!
Namangan, Andijon va Jizzax viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami” kuni munosabat bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Unda sohada xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchi ayollar ishtirok etdi. Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar vaziri tabrigi o‘qib eshittirilib, esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.