8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni - go‘zallik, nafislik va latofatlik bayramidir.

Sana munosabat bilan Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bashqarmalari tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar vaziri tabrigi o‘qib eshittirilib, guldastalar va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi. Shuningdek, ajoyib kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.