Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimi xizmatlarining soha yo‘nalishidagi mas’ullari bilan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash yoʻnalishida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar davomida joriy yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yakunda maxsus avtomobillar va yong‘in-qutqaruv asbob-anjomlari ko‘rgazmasi namoish etildi.