Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani FV hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari hamkorligida umumta’lim maktablari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari jamoalari musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 8 ta jamoa 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, g‘olib jamoa musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.