Ilmiy-tadqiqot institutida mutaxassislar uchrashuvi o‘tkazildi

Bugun, 13-mart kuni FVV Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “O‘zbekiston Ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi rahbar xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda texnik jihatdan tartibga solish va muvofiqlikni baholash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari yuzasidan suhbat o‘tkazilib, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qurilish materiallari va konstruksiyalarining yong‘inga chidamliligi sinovlarini o‘tkazish va institut Sinov markazining akkreditatsiya ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.