Xususan, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanining “Sovuqbuloq” MFYda vazirlik tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash tizimi, amalga oshirilgan ishlarning monitoringi, mavjud muammolar, taklif va tashabbuslar o‘rganilib, yo‘nalishlar bo‘yicha mutasaddilarga uslubiy tavsiyalar berildi. Shundan so‘ng, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 22 va 23 kasbiylashtirilgan yong‘in-qutqaruv qismiga tashrif buyurilib, u yerda shaxsiy tarkibga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Jarayonda yaqinlashib kelayotgan “Navro‘z” bayrami tantanalarini betalofat o‘tkazish bo‘yicha rahbar xodimlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
Navbatdagi manzil Surxondaryo viloyatining Denov tumani bo‘ldi. U yerda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash maqsadida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Unda tizimida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar hamda ularning oila a’zolarining turli yo‘nalishdagi murojaatlari tinglandi va bayon etilgan masalalar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor murojaatlarni o‘z vaqtida qonuniy hal etishga qaratilib, mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.