9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag‘ishlangan "Temuriylar tarixini bilasizmi?" mavzusida zakovat intellektual musobaqasi tashkil etildi.
Tadbir viloyatning Yuqorichirchiq tumanidagi ASTRUM IT akademiyasida bo‘lib, unda Toshkent viloyatining huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda viloyatda faoliyat olib boruvchi korxona va tashkilotlardan jami 16 ta jamoa ishtirok etdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan baxsda 3-o‘rinni Milliy gvardiya viloyat boshqarmasining "Yosh gvardiyachilar" jamoasi, 2-o‘rinni viloyat Ichki ishlar bosh boshqamasining "Sohibqiron izdoshlari" jamoasi va faxrli 1-o‘rinni viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining "Yosh qutqaruvchilar" jamoasi qo‘lga kiritib, mutloq g‘olib deb topildi. G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.