Dastlab, Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo'yilib, ulug' sarkardaga cheksiz hurmat-ehtiromlar izhor etildi. Shundan so‘ng, Shahrisabz shahridagi madaniyat saroyida “Sohibqiron Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan teatlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, harbiy jang san’atidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.