Korrupsiyaga qarshi kurashishni o’zimizni isloh qilishdan boshlaylik !

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchilari o’rtasida ushbu mavzuga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi. Maqsad shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdan iboratdir.