Samarqand viloyati FVB mas’ul xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yog‘ingarchilik mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari va suv toshqinlarining oldini olish hamda ularni xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborish maqsadida, Urgut tumani Choshtepa mahallasi Qumbilsoy qishlog‘idan oqib o‘tuvchi “Qumbulsoy” soyida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Tadbir davomida soyning o‘zanini tozalash va qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirildi.