Samarqand viloyati huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning tarkibiy tuzilmalari xodimlari ishtirokida “Bizning boshqarma korrupsiyadan holi tizim” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Samarqand harbiy prokuraturasi, viloyat DXX hamda IIB rahbarlari tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida atroflicha tushunchalar berildi.