Namanganda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar tahlil qilindi

Namangan viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda viloyat Hokimligi rahbaryati ishtirokida Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi masʼullari bilan respublikamizda 15-mart kunidan 15-aprel kuniga qadar oʻtkazilgan "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi" oyligi doirasida bajarilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokamasi o‘tkazildi. 

 

Unda asosiy eʼtibor viloyat hududlarida bahor, yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilib, aholini bunday vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishga oʻrgatish yuzasidan topshiriqlar berildi.