Favqulodda vaziyatlar vaziri rahbarligida o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat hududida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va fuqaro muhofazasi sohasidagi ishlar sarhisob qilinib, mavjud muammolar, ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilanib, har sohaviy yo‘nalish bo‘yicha viloyat, shahar, tuman darajalarida tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.