Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, harbiy xizmatchilar va xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish hamda sport turlarini ommalashtirish maqsadida, kuni kecha, Xorazm viloyatida sprortning "Mini futbol" turi bo‘yicha "Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi" musobaqasining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va baxslarga boy o‘tgan mazkur musobaqada 3-o‘rinni Xorazm viloyati FVB va 2-o‘rinni Farg‘ona viloyati FVB terma jamoalari egallagan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni Jizzax viloyati FVB terma jamoasi qo‘lga kiritib, “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi”ga sazovor bo‘ldilar.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar kubok, diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.