Navoiy harbiy prokuraturasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa mutasaddilar hamkorligida Navoiy shahar "Shirin" madaniyat va ma'rifat markazida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda biriktirilgan Navoiy shahar "Gulzor" mahallasi yoshlari, faxriylar va keng jamoatchilik vakillar ishtirok etdi.
So‘z olganlar yoshlarga yaratilgan keng imkoniyat va imtiyozlar, vatanga muhabbat va sadoqat, xalqqa xizmat, tinchlik qadri xususida to‘xtalib o‘tdilar.
Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarda batafsil ma'lumotga ega bo‘ldilar.