Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar va Bojxona boshqarmalari tomonidan bojxona omborlari faoliyatini tartibga solishda bojxona organlari bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan davra suhbati tashkil qilindi. Unda bojxona ombori faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida bojxona omborlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash, ayniqsa xavfli tovarlar sirasiga kiritilgan tovarlarni saqlashda mavjud talablardan og‘ishmaslik yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.