Kuni kecha, Andijon viloyatida “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 100 nafar harbiy xizmatchilari munosib ishtirok etdi. Tadbir yakunida “G‘alabaga bo‘lgan intilish" yo‘nalishi bo‘yicha Andijon shahar FVB harbiy xizmatchisi oddiy askar Y.Goyberdiyev g‘oliblikni qo‘lga kiritib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.