FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi shaxsiy tarkibi ishtirokida "Tashkent City" hududida joylashgan baland qavatli binolarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Unda jabrlanganlarni xavfsiz joyga olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘inlar va avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarilib, xodimlar bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.