“Jizzaxda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari majburiy mehnatga jalb qilingan bo‘lishi mumkin – fotolar” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy ma'lumot

#rasmiy_munosabat

Bugungi kunda, Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan hududlarda ijtimoiy himoyaga muxtoj, turmush sharoiti og‘ir, boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularga beg‘araz yordam ko‘rsatish maqsadida, ijobiy ishlar bilan birga joylarda hashar tadbirlari ham amalga oshirilib kelinmoqda.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holatda ham Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ko‘ngilli xodimlaridan iborat guruhlar tomonidan Zomin tumanidagi ijtimoiy himoyaga muxtoj, turmush sharoiti og‘ir, boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning yashash xonadonlarida olib borilgan hashar tadbirlari aks ettirilganligi ma'lum qilinadi.