Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev boshchiligidagi Ishchi guruhning o‘rganish ishlari Samarqand viloyatida davom ettirilmoqda

Ishchi guruh o‘rganish ishlarining navbatdagi manzili joriy yilning 30-aprel kunidan, Samarqand viloyatida davom ettirilmoqda. Unda viloyat FVBning barcha shahar, tuman bo‘limlari, yong‘in-qutqaruv qismlari hamda Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi shaxsiy tarkib bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

O‘rganishlar davomida, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ijtimoy himoya, moddiy va tibbiy ta’minot masalalariga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullarga ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berilmoqda.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan kadrlar salohiyati va zahirasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. O‘rganish ishlari davom etmoqda.