Samarqand shahriida Favqulodda vaziyatlar vazirligi yosh xodimlari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat FVB boshlig‘i polkovnik I.Ismoilov, FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi boshlig‘i polkovnik Sh.Ayubov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi raisi D.Azizova va Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i H.To‘xtayevlar ishtirok etib, yoshlarga o‘zlarining qiziqarli, murakkab va sharafli xizmat faoliyati haqida so‘zlab, yoshlarga ish faoliyati va hayot yo‘llarida zarur bo‘ladigan taklif va tavsiyalarini berishdi. Tadbir so‘ngida bir guruh faol yoshlar taqdirlandi.