Surxondaryo viloyatida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi tadbirlari doirasida, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida viloyat hokimi, FVB, IIB, MG va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlar davomida aholi bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi. Shuningdek, xavfsizlik qoidalari eslatib o‘tildi.