Farg'ona viloyati FVB xodimlari tomonidan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida Farg'ona tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila-a’zolari bilan profilaktik tadbir o'tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga yong‘inlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, is gazining hosil bo‘lish sabablari to‘g‘risida tushunchalar hamda shu kabi boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.