“Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida Buxoro shahrida joylashgan obyektlarning birida viloyat FVB va favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi korxona hamda tashkilotlar hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. O‘quv mashqi davomida ishchi xodimlarning bilim va ko‘nikmalari oshirilib, har bir xizmatning tayyorligi baholandi.