Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB xodimlari tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida keng qamrovli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Tadbir davomida aholiga is-gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berilib, yong‘in va texnik xavfsizligi qoidalarini o‘zida aks ettirgan eslatma va bukletlar tarqatilmoqda. Shuningdek ijtimoiy soha obyeklarida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish maqsadida o‘quv-mashqlari va texnika ko'rgazmalari amalga oshirilmoqda.