Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Asaka tumanida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy hamda quyi tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalari ishtirokida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda.
O‘quv mashqini o‘tkazishdan maqsad – favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va oqibatlarini tugatish bo‘yicha tegishli tashkilotlar hamkorligini takomillashtirishdan iboratdir. O‘quv mashqi 19-oktyabr kuniga qadar davom etadi.