Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tizimda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar o‘rtasida sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. Qarshi shahar Bolalar-o‘smirlar sport maktabida bo‘lib o‘tgan musobaqada 97 nafar shaxsiy tarkib 7 ta vazn toifasi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra musoboqa g‘olib va sovrindorlari viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.