Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida sportning shaxmat turi bo‘yicha joriy yil davomida joylarda o‘tkazilgan hududiy va tarkibiy tuzilmalarining birinchiligi musobaqalarida, jami 4000 dan ortiq shaxsiy tarkib bir necha bosqichlarda saralanib, 19 nafar ekaklar va 19 nafar xotin-qizlar “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” uchun bo‘lib o‘tgan respublika birinchiligida qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Kuni kecha, Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi”ning respublika bosqichi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi vakillari bilan hamkorlikda Shaxmat Akademiyasida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalaridan 38 nafar (19 nafar ekaklar va 19 nafar xotin-qizlar) sportchilar ishtirok etib, xalqaro shaxmat qoidalari asosida o‘zaro bellashdilar.
Qizg‘in o‘tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida, shaxsiy hisobda 1-o‘rinni Farg‘ona viloyati vakili mayor Q.Ergashev, 2-o‘rinni vazirlik Akademiyasi vakili podpolkovnik Sh.Mirzayev hamda 3-o‘rinni Sirdaryo viloyati FVB vakili katta serjant Z.Voxidjonovlar qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, xotin-qizlar o‘rtasida, 1-o‘rinni vazirlik Akademiyasi vakilasi podpolkovnik B.Yuldasheva, 2-o‘rinni Buxoro viloyati FVB vakilasi podpolkovnik N.Aynazarova hamda 3-o‘rinni Andijon viloyati FVB vakilasi xizmatchi O.Narimanovalar egalladilar.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni vazirlik Akademiyasi, 2-o‘rinni Farg‘ona viloyati hamda 3-o‘rinni Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining terma jamoalari egalladilar.
Shu bilan birga, musobaqada yosh ishtirokchilari orasidan “Eng mahoratli yosh shaxmatchi” nominatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona viloyati FVB xizmatchisi Sh.G‘anijonova g‘olib deb topilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maxsus sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar vazirlik tomonidan ko‘chma kubok, diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.