Bugun, 23-oktabr kuni soat 04:51 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Shayxontohur” MFY, Zulfiyaxonim ko‘chasi 21-uyda joylashgan restoranning tom qismi yonayotgani haqida FVBga xabar tushgan.
Xabarga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 04:54 da yetib borib, yong‘in soat 05:29 da o‘chirilgan.
Yong‘indan restoranning 200 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
Xodisa oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jaroxati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
Yong‘inning zarari aniqlanmoqda.
Hurmatli fuqarolar, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz.