FVV Boshlang'ich tayorgarlik va malaka oshirish markazi Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Samarqand shahridagi Bog'iston mahallasi hududida ijtimoiy soha obyektlari va ko'p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish davrida barqaror ishlashi hamda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. Aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rilib, mutasaddi tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.