Joriy yilning 25-28 oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Xarbin shahrida Xalqaro yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti federatsiyasining navbatdagi XXIV xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi.
Mazkur, xalqaro federatsiyada 26 ta a’zo davlatlar hamda 3 ta xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi 2024-yilda bajariladigan vazifalar, shuningdek, 2023-yilda yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatlari hamda xalqaro turnirlar natijalari bo‘yicha hisobotlar tinglandi.
2024-yilda yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XIX hamda xotin-qizlar o‘rtasida X jahon chempionatlarini Xitoy Xalq Respublikasining Xarbin shahrida, shuningdek, yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha o‘smir o‘g‘il bolalar o‘rtasida XIII hamda o‘smir qizlar o‘rtasida VIII jahon chempionatlari Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazish, jahon chempionatlari o‘tkazish Nizomlari hamda Bosh hakamlar hayati tarkibini tasdiqlash masalallari muhokama qilindi. Shu bilan birgalikda Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XIX hamda xotin-qizlar o‘rtasida X jahon chempionatlarining bosh hakamlar hayati tarkibi ovoz berish yo‘li bilan tayinlandi.
Shuningdek, Xarbin shahrida 2024-yilda Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XIX hamda xotin-qizlar o‘rtasida X jahon chempionatlari o‘tkaziladigan sport maydonlari, mehmonxonalar va sporchilarga yaritiladigan sharoitlar ko‘rib chiqildi.
Tadbir yakunida Xalqaro federatsiya prezidenti A.Chupriyan tomonidan, bir qator davlatlarning vakillari, shu jumladan, Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi komandiri polkovnik I.Sharipov va Qutqaruv kuchlarining xizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etish boshqarmasi bosh inspektori mayor B.Eshmatovlar “Xalqaro Xamkorlikni mustahkamlagani uchun” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.