Kuni kecha, Andijon shahar, Asaka, Shaxrihon tumanlarida Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Sh.Jo‘rayev boshchiligida ishchi guruh rahbarlari aholi va hududlar muhofazasiga ma’sul tashkilotlar ishtirokida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlari o‘rganildi. Tadbirlarda, koʻp kvartirali uylar, ijtimoiy soha obektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda aholi muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha yuzasidan bir qator vazifalar belgilanib, mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. Maqsad aniq, aholi va hududlarni, ijtimoiy soha obektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash.