Joriy yilning 31-oktabr kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olishga oid qonunchilikka rioya qilinishi holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Energetika, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirliklari hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mas’ul rahbar xodimlarining axborotlari eshitildi. Shuningdek, Qo‘mita tomonidan mazkur sohada o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari muhokama qilindi.