Sirdaryo viloyatida kuz-qish mavsumiga har tomonlama munosib tayyorgarlik ko‘rish va betalofat o‘tkazish maqsadida viloyat hokimligi, viloyat FVB rahbariyati va daxldor idoralar tomonidan sektorlar kesimida nazorat-profilaktika tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida ijtimoiy soha obyektlarining qozonxonalar va isitish tizimlarining sozligi, ularda yaratilgan ko‘mir zahiralarining mavjudligiga alohida e’tibor qaratilib, mavjud muammolar bartaraf etib kelinmoqda.
Shuningdek, aholi yashash xonadonlarining ham isitish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirilib, daxldor idoralarni jalb qilgan holda kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shu bilan bir qatorda xonadon egalariga xavfsizlik talab va qoidalari yetkazilmoqda.