Qoraqalpog'iston Respublikasi FVB rahbariyati va xodimlari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Nukus shahridagi "Matbuot uyi"da "Kuz-qish mavsumida yuz berishi mumkin bo'lgan yong'inlar va favqulodda vaziyatlar, ularning oldini olishga qaratilgan ustuvor vazifalar" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda kuz-qish mavsumida yuz berishi mumkin ko‘ngilsiz holatlar, ularning oldini olishga qaratilgan ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.
Tadbirda gazeta va jurnal, televideniye, radio, internet jurnalistlari hamda blogerlar qatnashib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.