“Yashil makon” umummilliy loyihasi  qizg‘in davom etmoqda

Umummilliy loyihasi doirasida Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan bir qator ezgu ishlar olib borilmoqda. Xususan, kuni kecha boshqarma boshlig‘i hamda faxriylar kengashi boshchiligida FVB maʼmuriy binosi va uning atrofiga 100 dan ortiq manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekildi. Amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar tabiatni asrashga undashi bilan ahamiyatlidir.