Namanganda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari 

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Toshkent-Pop-Namangan katta yo‘l yoqasida 1.4 gektar maydonda boshqarmaning “Yashil bog‘i” tashkil etilib, unga qutqaruvchilar 167 tup manzarali va 850 tup mevali daraxt ko‘chatlarini ekdi. Shuningdek ko‘kalamzorlashtirish hududlarida tomchilatish yo‘li bilan sug‘orish tarmoqlari tortish va o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.