Jizzaxda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar

Bugungi kunda yurtimizda yashil maydonlarni ko‘paytirish, bog‘lar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish tadbirlar izchil davom etmoqda. Xususan, bunday ezgu ishlarda Jizzax viloyati Zafarobod tuman FVB qutqaruvchilari ham faol ishtirok etib, “Samarqand” mahallasi hududida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini amalga oshirdi.